Asosiy qismga o'tish
ELNAZARIYELNAZARIY
02 · AI loyihalar

Mashxura AI

O'zbek tilidagi professional sun'iy intellekt chatbot platformasi — matn va ovoz orqali suhbat.

Kategoriya
AI loyihalar
Yil
2026
Holat
Tayyor
Stek
Next.js 16, React 19, TypeScript
Jonli demo
Mashxura AI — AI assistant

Umumiy ma'lumot

Mashxura AI — o'zbek tilida erkin muloqot qiladigan AI yordamchi platformasi. Foydalanuvchi Google akkaunti bilan kiradi, suhbatlari saqlanadi, matematik formulalar, kod va grafiklarni chiroyli ko'rsatadi, ovozli rejimda esa gapirib savol berish va javobni eshitish mumkin. Platforma uz / ru / en tillarida ishlaydi.

Model va tizim

Asosiy model
Anthropic Claude
Zaxira provayderlar
Groq → Cerebras → DeepSeek → Gemini
Ovoz
UzbekVoice.ai STT/TTS
Ma'lumotlar bazasi
MySQL 8.4 + Prisma

Muammo

O'zbek tilida sifatli, tez va ishonchli AI yordamchi topish qiyin: ko'p xizmatlar o'zbekchani yaxshi tushunmaydi yoki ovozli muloqotni qo'llamaydi.

Yechim

O'zbek tiliga moslangan system prompt, bir nechta AI provayder ustidan ishlaydigan router va UzbekVoice.ai ovoz integratsiyasi bilan to'liq platforma.

Qanday ishlaydi

Foydalanuvchi savolini server qabul qiladi, AI router uni asosiy modelga yuboradi; vaqt tugasa yoki xato bo'lsa navbatdagi provayderga o'tadi. Javob real vaqtda oqim (stream) bilan ko'rsatiladi. Ovozli rejimda nutq avval matnga aylantiriladi, javob esa ovozga qaytariladi.

Arxitektura

Next.js App Router (frontend + API), Auth.js (Google OAuth, DB sessiyalar), Prisma + MySQL, AI provider router (timeout/retry/fallback), Nginx + Let's Encrypt + PM2, systemd timer orqali kunlik backup.

Texnologiyalar

Imkoniyatlar

  • 01O'zbek tilida AI chat (matn)
  • 02Ovozli rejim: nutqni matnga va matnni nutqqa (UzbekVoice.ai)
  • 03Google orqali kirish va saqlanadigan suhbatlar
  • 04Formulalar (KaTeX), kod va Plotly grafiklari
  • 05Bir nechta AI provayder bilan avtomatik zaxira (fallback)
  • 06uz / ru / en interfeys
  • 07Rate limit, IDOR himoyasi va kunlik avtomatik backup

Natijalar

https://mashxura.uz da ishlab turibdi.

O'xshash loyihalar

01 · Web
2026Jarayonda

ELNAZARIY — shaxsiy profil sayti

Loyihalar portfoliosi, admin panel va ELNAZAR AI yordamchisi bo'lgan shaxsiy profil platformasi.

  • Next.js 16
  • React 19
  • TypeScript